Dam olish kuni ishga chiqqan ishchi millionerga aylandi
Amerikalik erkak dam olish kuni ishga chiqdi va 1 million dollar yutib oldi, deb yozadi UPI.
Erkak aytganidek, uni dam olish kuni ishga chaqirishgan. Ishxonaga ketayotib u mashinasiga benzin quyish uchun yoqilg‘i quyish shoxobchasida to‘xtadi. Kassada to‘lovni amalga oshirayotganda amerikalik lotereya chiptalariga ko‘zi tushdi.
«Meni ishga chaqirishdi, chunki mening yordamim kerak edi. Keyin yoqilg‘i quyish shoxobchasida to‘xtadim va shu chiptalardan birini sotib oldim», - deb eslaydi erkak.
O‘sha kuni amerikalik chiptadagi himoya qatlamini o‘chirib tashladi va u 1 million dollar yutib olganini bildi, u ajablanib, ko‘zlariga ishonmadi va turmush o‘rtog‘idan ma’lumotni qayta tekshirishni so‘radi.
«Men bunga ishonolmadim. Lotereya ofisiga kelgunimcha, bu haqiqat ekanligiga ham ishonchim komil emas edi», - dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter