Bayden ma’muriyati transgender maymunlar yetishtirish uchun millionlab dollar sarflagan

AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden ma’muriyati transgender maymunlarni yetishtirish va o‘rganish uchun 10 million dollar sarflagan. Bu haqda 6 yanvar kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasining respublikachi a’zosi Nensi Meys ma’lum qildi.
«O‘tgan yili soliq to‘lovchilarning 10 million dollardan ortiq mablag‘i transgender maymunlar, sichqonlar va kalamushlarni yaratish uchun sarflandi», – deydi u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilgan videosida.
Meysning qo‘shimcha qilishicha, DEI (turli xillik, tenglik va inklyuzivlik) grantlari butun mamlakat bo‘ylab universitetlarda hayvonlarda jarrohlik va gormon terapiyasida og‘riqli va halokatli transgender tajribalarini o‘tkazish uchun ishlatilgan.
Bundan tashqari, Bayden ma’muriyati hayvonlarning giyohvand moddalarning haddan tashqari oshirib yuborilgan dozasiga chidamliligi va ularning OIV infeksiyasini yuqtirish qobiliyatiga oid tadqiqotlarni moliyalashtirgan.
Ma’lumot uchun, bir muddat oldin Oq uy AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ni budjetdan ajratilgan pullarni noto‘g‘ri joylarga sarflaganlikda ayblab chiqqan va bayonotda jumladan, DEI (turli xillik, tenglik va inklyuzivlik) grantlari haqida ham gap ketgan edi.
Bundan tashqari USAID Kolumbiyadagi «transgender opera» uchun 47 000 dollar, Perudagi «transgender komiksi» uchun 32 000 dollar va Gvatemalada jinsni o‘zgartirish va LGBT faolligi uchun 2 million dollar miqdorida mablag‘lar yo‘naltirib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter