AQShdagi noqonuniy muhojirlarning ilk guruhi Guantanamoga jo‘natildi

AQSh hukumati noqonuniy muhojirlarning birinchi guruhini Guantanamodagi harbiy-dengiz bazasiga yubordi.
Yanvar oyi oxirida Tramp bazada «noqonuniy muhojir-jinoyatchilar» joylashishini aytgandi. Shundan so‘ng, u yerda muhojirlar uchun chodirlardan shaharcha qurilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp Oq uyga qaytganidan so‘ng Qo‘shma Shtatlar muhojirlarni deportatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli kampaniya boshladi. Tramp prezidentlikka kirishganining birinchi haftasida, rasmiylar turli millatlarga mansub 7300 ga yaqin odam deportatsiya qilingani haqida ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter