AQSh aholisi qanchaga yetgani oshkor qilindi
AQSh aholisi 2024 yilda deyarli 1 foizga o‘sdi, bu 2021 yildan beri eng tez sur’atdir. Bu haqda AQSh aholini ro‘yxatga olish byurosi xabar berdi.
Bu yil mamlakat aholisi 340 million kishidan oshdi.
An’anaviy ravishda janubiy shtatlar eng sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi - 1,8 million kishi. Shu jumladan Texasda aholi taxminan 563 ming kishiga, Floridada 467 ming kishiga o‘sdi.
Kolumbiya okrugi foiz nisbatida eng sezilarli o‘sish sur’atini ko‘rsatdi - 2,2%.
Mamlakatga immigrantlarning sof oqimi deyarli 2,8 millionni tashkil etdi. Bu yuqori ko‘rsatkich qisman hisob-kitob metodologiyasining o‘zgarishi bilan bog‘liq (hozir u AQShga gumanitar sabablarga ko‘ra qabul qilingan shaxslarni ham o‘z ichiga oladi).
Shu bilan birga, immigratsiya 16 shtatda aholi sonining o‘sishini to‘liq ta’minladi, u yo‘q bo‘lganda pasayish yuz berishi mumkin edi, deya Brukings instituti demografi Uilyam Freydan iqtibos keltiradi Accosiated Press.
Uch shtat - Missisipi, Vermont va G‘arbiy Virjiniyada ozgina bo‘lsa-da, aholi soni kamaygan.
2024 yilda Qo‘shma Shtatlarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni o‘limlar sonidan deyarli 519 mingga oshdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter