Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NASA zondi Quyoshga eng yaqin masofaga boradi

NASA zondi Quyoshga eng yaqin masofaga boradi

Foto: NASA

NASAning Quyosh tashqi tojini o‘rganish uchun jo‘natilgan fazoviy avtomat qurilmasi — «Parker» (Parker Solar Probe) zondi 24-dekabrda Quyosh sirtidan 6,1 mln km olisda, o‘ta yuqori 690 ming km/soat tezlikda uchib o‘tadi.

Shu tariqa zond o‘z tezlik rekordini yangilab, Quyoshga eng yaqin masofaga boradi.

Yerdagi olimlar zondning ishga yaroqliligini tasdiqlovchi signallar muhim voqea arafasida va undan keyin — 21 va 27-dekabrda yetib kelishini kutishmoqda.

Agar hammasi rejadagidek amalga oshsa, «Parker» zondi olgan suratlar 2025-yil kirib kelishi bilan olimlar qo‘lida bo‘ladi, ilmiy ahamiyatga ega ma’lumotlar esa hafta o‘tib Yerga yetib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring