Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun NASA zondi rekord o‘rnatishi kutilmoqda

Bugun NASA zondi rekord o‘rnatishi kutilmoqda

Foto: NASA/JHUAPL

Bugun, 24-dekabr sanasida NASA fazoviy kemasi — Parker Solar Probe Quyoshga eng yaqin masofaga borishi kutilmoqda. Zond yulduz atmosferasiga kirib, uning sirtidan 6 mln km olislikda uchib o‘tadi — hali inson qo‘li bilan yaralgan hech bir jism Quyoshga bunchalik yaqinlashmagan.

Mutaxassislarning aytishicha, oldingi kemalarga qaraganda, Parker Solar Probe Quyoshga yetti baravar yaqinroq boradi, zondning tezligi soatiga 690 ming kilometrni tashkil etadi.

Qurilma Selsiy bo‘yicha 1371 darajagacha issiqqa dosh beruvchi qalqon bilan himoyalangan.

Parker Solar Probe Quyosh sirti haqida ma’lumot to‘playdi, agar 27-dekabrda uning mayoq signali Yerga yetib kelsa, u ishlayotgani va missiya davom etayotganini anglatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring