Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilon Maskning «eng aqlli» chat-boti ishga tushdi — endi bepul!

Ilon Maskning «eng aqlli» chat-boti ishga tushdi — endi bepul!

Foto: Swadesi

Milliarder Ilon Maskka tegishli xAI kompaniyasi sun’iy intellektga asoslangan til modeli — Grok 3 ishga tushirilganini e’lon qildi.

«Bu yuz berdi: dunyodagi eng aqlli Grok 3 sun’iy intellekt modeli endi bepul», — deyiladi X ijtimoiy tarmog‘ida joylangan xabarda.

Postda chat-botga kirib foydalanish uchun havola ham ko‘rsatilgan.

X Premium+ va SuperGrok pulli obuna versiyalari egalari kengaytirilgan funksiyalardan foydalana oladilar, qolaversa, ovozli rejim va boshqa qo‘shimcha qulayliklar ularga hammadan oldin taqdim etiladi.

Bir necha kun avval Ilon Mask Grok 3 taqdim etilishidan darak berib, uni mavjud sun’iy intellekt chat-botlari orasida eng aqllisi, deya ta’riflagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring