«Qora oqqushlar»: Politico 2025-yilning ehtimoliy voqealari ro‘yxatini tuzdi
Politico nashri 2025-yil «qora oqqushlari» ro‘yxatini taqdim etdi.
«Qora oqqushlar» — hozircha yuz bermagan, ammo amalga oshishi mumkin bo‘lgan oldindan aytish qiyin va kutilmagan voqealar.
Politico ro‘yxati jami 15 ta prognozdan iborat, ularning ayimlari quyida keltirilgan:
- Trampning Si Szinpin bilan ittifoqi, shuningdek, ularning Ukraina kelishuvi bo‘yicha Putin bilan hamkorligi;
- Lukashenkoning ag‘darilishi;
- AQShda misli ko‘rilmagan epidemiya;
- Shtatlar chegaralarining o‘zgarishi bois AQShda to‘qnashuvlar;
- Eron yadroviy quroli borasida AQSh, Rossiya, Eron va Isroil o‘rtasida maxfiy kelishuv hamda Tehron va Tel-Aviv o‘rtasidagi urushning oldi olinishi;
- Bozorlarning qulashi va global vahima;
- Kvant hisoblashlar (kompyuterlar) sohasida ulkan sakrash;
- Tarixdagi eng yirik kiberhujum.
Yaqinda Financial Times ham 2025-yil uchun o‘z prognozlarini e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter