Saudiyaliklar Vinisius uchun «Real»ga 1 mlrd yevro to‘lashga rozi

Saudiya Arabistoni jamoalari «Real Madrid» hujumchisi Vinisius Juniorni qo‘lga kiritish uchun 1 mlrd yevro to‘lashga tayyor. Bu haqda Relevo xabar berdi.
Manba yozishicha, €1 mlrd — Saudlar uchun «pul emas».
Aslida 24 yoshli futbolchi bilan milliardlik shartnomaning imzolanishi — uzoqni ko‘zlangan reja. Vinisiusning Saudiyaga kelishi boshqa yosh va iste’dodli futbolchilarning ham Arabiston yashil maydonlariga qiziqishini oshiradi.
Arab futboli kattalari yulduzlarning yoshiga, to‘g‘rirog‘i, yoshroqlariga diqqatni jamlashmoqda, chunki Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan mundial (2034) ham hademay eshik qoqib qoladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter