Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xususiy OTMlarga solinayotgan 4 foizli «soliq» yuzasidan deputatlik so‘rovi jo‘natildi

Xususiy OTMlarga solinayotgan 4 foizli «soliq» yuzasidan deputatlik so‘rovi jo‘natildi

Kecha, 24-dekabr kuni Respublika oliy ta’lim Kengashi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning 4 foizini o‘tkazish bo‘yicha bayonnomasi e’lon qilingan edi.

Mazkur xabar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Jumladan, O‘zLiDeP deputati D.Artikov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda Bosh prokurorga yuqoridagi masala yuzasidan «deputat so‘rovi» yuborgan.

Deputatlik so‘rovida qayd etilishicha, tadbirkorlik faoliyati erkinligi qonunlarimizga muvofiq kafolatlangan, hech bir tashkilot qonunga asoslanmay turib, tadbirkorlik sub’yektlariga, shu jumladan, nodavlat oliy ta’lim muassasalariga turli to‘lovlar joriy qilish vakolatiga ega emas.

Shuningdek, mazkur holat sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi «xab»ga aylantirish kabi islohotlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Shu sababli, deputat D.Artikov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri va Bosh prokurordan respublika oliy ta’lim Kengashining nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning 4 foizini o‘tkazish bo‘yicha chiqarilgan bayonnomaning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirish berish hamda o‘z nuqtai nazarini bayon etishini so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring