Ushbu haftada iliq ob-havo kuzatiladi
O‘zbekiston bo‘yicha 2025 yil 13-17 yanvar kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.
Bugun va ertaga O‘zbekistonda biroz bulutli, iliq havo saqlanib turadi, harorat kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.
Hafta o‘rtasidan respublika bo‘ylab bulutlilik oshishi kutilmoqda, respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 16-17 yanvarda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Havo harorati 2-3 darajaga pasayadi.
Kechasi va ertalab ayrim joylarda tuman tushushi mumkin.
Sharqdan shamol yengil o‘rtacha tezlikda esadi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0-3 daraja iliq, 13-14 yanvar kunlari kunduzi 11-13 daraja iliq, 15-17 yanvar kunlari esa 8-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter