Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya kurortidagi mudhish yong‘in aybdorlari aniqlandi

Turkiya kurortidagi mudhish yong‘in aybdorlari aniqlandi

Foto: Hürriyet

Turkiyaning Kartalkaya tog‘-chang‘i kurorti Grand Kartal mehmonxonasida 21-yanvar kuni yuz bergan yong‘in 78 insonning umriga zomin bo‘lgandi. Bolu shahri prokuraturasi olib borgan tergov va guvohlarning ko‘rsatmalari mudhish yong‘in binoning pastki qavatida joylashgan restoran oshxonasida erta tongda boshlanganini ko‘rsatdi.

Nonushta tayyorlayotgan bosh oshpaz Faysal Yaver va uning yordamchilari grildan foydalanishayotganida qizigan yog‘ birdaniga yonib ketgan. Olovni to‘g‘ri o‘chirish, ya’ni qopqoq bilan bekitish yoki o‘t o‘chirgich (ognetushitel)dan foydalanish o‘rniga oshxona xodimlari shoshib qolib olovga suv sepishgan. Oqibatda yong‘in yanada kattalashib, chor-atrofga tarqalib ketgan.

Olov ventilyasiya trubalari va tutun tortish tizimi orqali barcha etajlarga tarqalgan. Vaziyatni jilovlay olmagan oshxona xodimlari, binodan qochib chiqib, yong‘inni nazoratsiz qoldirishgan. Ularning xatolari va yongan yog‘ni suv bilan o‘chirib bo‘lmasligini bilmasligi oqibatida juda ko‘plab insonlarning o‘limiga olib kelgan fojia ro‘y bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring