Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Putin bilan shu haftada uchrashishi mumkin

Tramp Putin bilan shu haftada uchrashishi mumkin

Foto: White House/Flickr.com/Global Look Press

Donald Tramp shu haftada Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishi mumkinligiga ishonmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Avvalroq AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoff shu haftada Moskvaga borishni rejalashtirgani, biroq Putin bilan uchrashuv hozircha tasdiqlanmagani haqida CNN telekanali manbaga asoslanib xabar bergandi. Muzokaralarda aynan kim ishtirok etishiga manba aniqlik kiritmagan.

12-fevral kuni ikki mamlakat rahbarlari telefonda muloqot o‘tkazgandi. Suhbat salkam bir yarim soat davom etgan. Ukrainadagi urushni tugatish kerakligiga Putin va Tramp rozi bo‘lgan. O‘sha suhbatda prezidentlar yuzma-yuz uchrashish imkoniyatlarini ham muhokama qilishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring