Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp ta’lim vazirligini tugatmoqchi

Tramp ta’lim vazirligini tugatmoqchi

Foto: Jim LoScalzo/CNP/Global Look Press

Prezident Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida mamlakatdagi ta’lim va AQSh ta’lim vazirligini dunyodagi eng yomon, deya ta’rifladi.

U ta’lim vazirligini tugatish niyatini shunday izohladi.

«Biz maktablarni shtatlar (hukumatlari boshqaruvi)ga qaytarishni istaymiz. Chunki tom ma’noda dunyodagi eng yomon ta’lim va ta’lim vazirligi bizda», — dedi Tramp.

Prezidentning fikricha, shtatlar maktablarni boshqarishda dunyodagi eng yaxshi ta’lim vazirliklaridan qolishmaydi.

Donald Tramp birinchi prezidentlik davrida ta’lim va mehnat vazirliklarini qo‘shib yuborishni taklif qilgan, biroq Kongress qarshi chiqqandi.

Tramp saylovoldi kampaniyasida bu vazirlikni tugatishga va’da bergandi, uning fikricha, ta’lim vazirligi — yana bitta byurokratiya, uning vazifasini shtatlar doirasidagi departamentlar bajara oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring