Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent metrosi uchun 3 ta zamonaviy harakat tarkibi olib kelindi

Toshkent metrosi uchun 3 ta zamonaviy harakat tarkibi olib kelindi

Kecha, 24-fevral kuni Toshkent shahriga to‘rt vagonli yangi 3 ta zamonaviy metro harakat tarkiblari olib kelindi.

Ushbu harakat tarkiblari belgilan yo‘riqnomaga asosan, 8-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, yangi harakat tarkiblari asosan, «Yunusobod» va «Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishlari»da harakatga chiqariladi.

«Toshkent metropoliteni» korxonasi axborot xizmati, shuningdek, 2024-yil may oyiga so‘nggiga qadar bosqichma-bosqich ravishda yana 8 ta metro poyezdi olib kelinishini ma’lum qildi.

«Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan», – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring