Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tadbirkorlikni endi boshlaganlar uchun «birinchi imkoniyat» beriladi

Tadbirkorlikni endi boshlaganlar uchun «birinchi imkoniyat» beriladi

Prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvida yangi tadbirkorlar «oyoqqa turib olishi» uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qo‘llab-quvvatlash juda muhimligi ta’kidlandi.

Misol tariqasida keltirilishicha, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil to‘lmasdan tugatilgan. Bu holat Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlarida eng ko‘p kuzatilgan.

«Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo‘yganlar uchun «birinchi imkoniyat» tamoyili joriy etiladi. Ya’ni, ilk bor ma’muriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkor javobgarlikdan ozod qilinib, kamchilikni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun «javobgarlikdan sug‘urtalangan» bo‘ladi», – dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring