Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvi boshlandi

Prezidentning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va o‘rta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvi boshlandi.

Davlat rahbari uchrashuv avvalida tadbirkorlikning mamlakat rivoji uchun ahamiyati borasida to‘xtaldi.

«Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – bu bizning strategik yo‘limiz! Tadbirkorlik qancha tez rivojlansa, mamlakatimiz shuncha qudratli bo‘ladi, xalqimiz shuncha farovon yashaydi.

Dekabr oyidagi «ochiq muloqot»da asosan yirik tadbirkorlar bilan gaplashib, keyingi rejalarni belgilab oldik.

Bugun kichik va o‘rta biznesda tez o‘sayotgan tadbirkorlarga ko‘mak berib, ularni ham «chempion»ga aylantirish uchun nima qilish kerak, degan savolga sizlar bilan birgalikda javob topishimiz zarur», – dedi Prezident.

Yurtimizda kichik va o‘rta biznes ish o‘rni, investitsiya, innovatsiya, raqobat, qo‘shilgan qiymat va eksportni ko‘paytirishga eng katta turtki berayotgan yo‘nalishga aylandi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, yaratilgan sharoitlar hisobiga kichik va o‘rta tadbirkorlar soni besh yilda 2 karra ko‘paydi. Ularda 10,5 million odam  daromad topib, ro‘zg‘or tebratmoqda.

Iqtisodiyotning yarmidan ko‘pi, sanoat va eksportning uchdan biri shu soha vakillari hissasiga to‘g‘ri kelayapti.

«Bir haqiqatni yaxshi anglab olish kerak. Har qanday muvaffaqiyatli yirik biznesga erishish, eng avvalo, kichik g‘oya va harakatdan boshlanadi.

O‘zgarishlarga tez moslashadigan, yangilik va raqobatdan qo‘rqmaydigan, muhimi, odamlarni ishli qilib, daromadini ko‘paytirishda eng faol soha ham bu – kichik biznes.

Shu bois, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bundan keyin ham davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi», – dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring