Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-fevral kuni O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaidiyni qabul qildi.

Suhbat avvalida vazir davlatimiz rahbariga O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomi va maktubini yetkazdi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy sohalardagi sheriklik salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalari ko‘rib chiqildi.

Idoralararo va ishbilarmonlik aloqalari faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar soni ortmoqda, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi biznes tadbirlari muntazam o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston-O‘mon investitsiya kompaniyasi portfelini yangi kooperatsiya loyihalari hisobiga kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yil aprel oyida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va qo‘shma biznes forumi o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, parlamentlararo aloqalarni, madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Mintaqaviy kun tartibi, shu jumladan joriy yil may oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan «Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz davlatlari» muloqotining ikkinchi sammitiga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring