Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgga bordi (foto)
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga bordi.
«Pulkovo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
So‘ng O‘zbekiston prezidenti gubernator hamrohligida Isaakiy maydonida piyoda sayr qildi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi 25-26-dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi hamda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter