Yil yakunida ajratilgan jami kreditlar 275 trillion so‘mni tashkil qiladi
Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishi va tadbirkorlar bilan muloqotda ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida pul ko‘payib, investitsiya loyihalarini barqaror moliyalashtirishning mustahkam asosi yaratildi.
Korxonalarning banklardagi mablag‘lari 20 trillion so‘mga oshib, 107 trillion so‘mga yetgan. Aholi omonatlari ham 25 trillion so‘mga ko‘payib, 105 trillion so‘m bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, bu banklar barqaror rivojlanayotgani, ularga aholi va tadbirkorlarning ishonchi ortib borayotganidan dalolat.
Yil yakuni bilan ajratilgan jami kreditlar 275 trillion so‘mni tashkil qiladi. 2025-yilda bu 300 trillion so‘mdan oshishi hisob-kitob qilingan.
Ayniqsa, kichik biznesga beriladigan kreditlar ulushi hozirgi 28 foizdan 40 foizga oshirilib, 120 trillion so‘mga yetkaziladi.
Tadbirkorlar ehtiyojidan kelib chiqib banklarimiz 2025-yilda chetdan davlat kafolatisiz 6 milliard dollar jalb qilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter