Saxalinda it aeroportda egasini to‘rt kundan beri kutmoqda
Rossiyaning Saxalin viloyatida «Xachiko» iti uni tashlab ketgan xo‘jayinini aeroport yaqinida to‘rt kundan beri kutmoqda. Bu haqda Tourdom.ru xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar Yujno-Saxalinsk aeroporti yaqinida to‘rt kundan beri havo bandargohi bo‘ylab aylanib yurgan itni ko‘rgan. Shu bilan birga, it yo‘lovchilar olomonidan kimnidir topishga harakat qilmoqda. Hayvon hududni tark etmaydi va topilgan yemaklar bilan oziqlanadi - bu vaqt ichida u ko‘p vazn yo‘qotdi.
Saxalindagi jarohatlangan hayvonlarga yordam berish jamg‘armasi «Bezdomnix.net»ning taxminiga ko‘ra, itning egasi boshqa hududga uchib ketgan va uni aeroport yaqinida qoldirgan. Endi hayvonga uy yoki homiy izlashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter