Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda jarrohlik amaliyoti o‘tkazmoqda

Saudiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda jarrohlik amaliyoti o‘tkazmoqda

Podshoh Salmon nomidagi insonparvarlik yordami markazi tashabbusi doirasida Saudiya Arabistonidan yigirmadan ziyod malakali mutaxassis O‘zbekistonga keldi.

Saudiyalik shifokorlar o‘zbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda murakkab kardiojarrohlik amaliyotlarini o‘tkazmoqda. Bir hafta mobaynida o‘tkazilgan amaliyotlarning barcha xarajatlari xayriya fondi tomonidan qoplanadi.

Loyiha boshlanishi oldidan Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tashkil etilgan uchrashuvda Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Sultonov, Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimlari va Saudiya Arabistonining yurtimizdagi elchisi Yusuf al-Utaybiy qatnashdi.

So‘zga chiqqanlar mazkur xayriya tashabbusini ijobiy baholab, O‘zbekistonda tibbiyot sohasini rivojlantirishda xalqaro hamkorlikning roli katta ekanini ta’kidlashdi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil  avgust oyida Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi yakunida muhim sohalar qatori  sog‘liqni saqlash yo‘nalishida ham hujjatlar imzolangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring