Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya Arabistonida Ukraina va Amerika delegatsiyalarining uchrashuvi boshlandi

Saudiya Arabistonida Ukraina va Amerika delegatsiyalarining uchrashuvi boshlandi

Saudiya Arabistonida Ukraina va Amerika delegatsiyalarining uchrashuvi boshlandi.

Amerika delegatsiyasiga Davlat kotibi Marko Rubio, Ukraina delegatsiyasiga esa prezident devoni rahbari Andriy Yermak boshchilik qilmoqda. Shuningdek, Ukraina tomonidan tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa, mudofaa vaziri Rustem Umerov va Vladimir Zelenskiyning harbiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi deb ataladigan Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Pavlo Palisa ham ishtirok etyapti. Volodimir Zelenskiy ham Saudiya Arabistonida, biroq u muzokaralarda ishtirok etmasligi xabar qilingan.

Jiddadagi uchrashuv oldidan Rubio bu muzokaralar Amerikaning Kiyevga harbiy yordamini tiklash uchun «muhim ahamiyatli» ekanini aytdi.

«Jamoa joyida. Biz ishga tayyorlanyapmiz. Ukraina manfaatlarini himoya qilish, urushni tugatish bo‘yicha aniq tasavvurga ega bo‘lgan holda, biz amerikalik sheriklarimiz bilan samarali ishlaymiz», – deb yozdi Andrey Yermak.

Marko Rubio, shuningdek, Bloomberg agentligiga bergan intervyusida AQSh Ukraina bilan Saudiya Arabistonidagi uchrashuvdan so‘ng, Rossiyaning pozitsiyasini bilishga harakat qilishini aytgan.

«Biz xonada o‘tirib, xaritada chiziqlar chizmoqchi emasmiz. Balki, ukrainaliklar prinsipial jihatdan qanday yon berishlarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanini va buning evaziga nimani talab qilayotganlarini tushunmoqchimiz. Shundan so‘ng, Rossiyaning ushbu masaladagi pozitsiyasini aniqlaymiz. Bu bizga pozitsiyalarimizning bir-biridan qanchalik uzoq ekanini tushunish imkonini beradi», – degan Rubio.

Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni Saudiya Arabistonida Rossiya-Amerika muzokaralari ham bo‘lib o‘tgan edi. Unda ikki davlat munosabatlarini normallashtirish hamda Putin va Tramp o‘rtasidagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishga kelishib olingan.

O‘z navbatida, Zelenskiy ushbu uchrashuvning Ukraina uchun natijalarini tan olmasligini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring