Quyi palata 2025-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
Bugun, 3-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida muhim moliyaviy hujjati – Davlat budjetining qabul qilinishi bo‘yicha hujjat muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Quyi palata Spikerining so‘zlariga ko‘ra, 2025-yil uchun budjet xarajatlari qariyb 345 trln so‘mni tashkil etib, ushbu xarajatlarning 52 foizi yoki 178 trln so‘mi (joriy yilga nisbatan 23 trln. so‘mga ko‘p) ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi.
Budjet loyihasida Prezidentning kambag‘allikni qisqartirish, bandlikka ko‘maklashish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha topshirig‘ini bajarish uchun zarur vositalar ham nazarda tutilgan.
Budjetning manzilliligi va aniq maqsadga yo‘naltirilganligi tobora oshib bormoqda. Pensionerlar, imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan shaxslar ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadigan guruhlar sifatida qamrab olinmoqda.
Budjetda, shuinngdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e’tibor qaratilgan. «Yoshlar budjeti» uchun, ya’ni yoshlarga oid dasturlarni amalga oshirish, yoshlarni o‘qitish va ularning har tomonlama kamol topishini ta’minlash uchun budjetdan ajratilayotgan mablag‘lar 1,6 trln so‘mdan ko‘pini tashkil etmoqda.
Shu bian birga, Budjet loyihasida energiya samaradorligini oshirish, barqaror iste’molni va ishlab chiqarishni targ‘ib qilish, atrof-muhit ifloslanishiga qarshi kurashish kabi muhim masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar ajratilishi bo‘yicha aniq maqsadlar nazarda tutilmoqda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari uchun kelgusi yilda 3 trln 480 mlrd so‘mlik mablag‘ ajratilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter