Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quvada «open budjet» sabab direktor bo‘shatildi

Quvada «open budjet» sabab direktor bo‘shatildi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida «open budjet» uchun o‘qituvchilardan 700 ming so‘mdan ushlab qolishni talab qilgan direktor o‘z vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.

«Oxirgi yillarda maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini o‘z faoliyatidan boshqa ishlarga jalb qilish, ortiqcha va asossiz yig‘di-yig‘dilarga qarshi kurashilyapti, bu masalada murojaatlar soni avvalgilariga nisbatan ancha kamaygan.

Lekin tizimda ba’zan jamoaga noto‘g‘ri talablar qo‘yayotgan, turli maqsadlar uchun mablag‘ yig‘ish topshiriqlarini berayotgan, bir so‘z bilan aytganda hamon eskicha fikrlayotgan mas’ullar ham uchrab turibdi», – deydi vazir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring