Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Katta miqdordagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari muomalasiga chek qo‘yildi

Katta miqdordagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari muomalasiga chek qo‘yildi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Qo‘qon shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda kuzatuvga olingan fuqaro boshqaruvidagi «Onix» rusumli avtotransport vositasi bilan Qo‘qon shahri hududidagi yashash xonadoniga kelib, avtomashinasidan «yuk» ni tushirayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Avtomashina ko‘zdan kechirilganida uning saloni va yukxonasida chetdan noqonuniy olib kirilgan va xorijda ishlab chiqarilgan 2 turdagi 41 600 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, avtomashina to‘xtagan ushbu xonadon ham tadbir ishtirokchilari tomonidan xolislar ishtirokida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida xonadonda chetdan noqonuniy olib kirilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 3 turdagi 16 000 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari saqlab kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi.

 O‘tkazilgan tadbir davomida dastlabki qiymati 165 mln so‘mlik 4 turdagi 57 600 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring