Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prokuratura tergovchisi pora bilan qo‘lga tushdi

Prokuratura tergovchisi pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar Olmazor tuman prokuraturasi katta tergovchisi S. ga nisbatan tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazilganida u kelishilgan 30.000 AQSh dollaridan 20.000 AQSh dollarini olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Tergovchiga nisbatan JKning 210-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisi Sh.Sh. 40 ming AQSh dollarini olib, jinoiy ta’qibdan qutulish maqsadida noma’lum tomonga yashiringani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring