Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident «ko‘cha» va poraxo‘r mansabdorlar haqida gapirdi

Prezident «ko‘cha» va poraxo‘r mansabdorlar haqida gapirdi

Foto: «Xabar.uz»

Keyingi paytda korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbirlar amalga oshirilmoqda.

«O‘zini «ko‘cha» deb ataydigan jinoiy guruhlar bo‘ladimi, korrupsiyaga berilgan mansabdor shaxslar bo‘ladimi, kim qonunga bepisand qarab, davlat va jamiyatga zarar yetkazadigan bo‘lsa, biz bunga hech qachon jim qarab turolmaymiz.

Ko‘chalarimiz, mahallalarimiz, hayotimiz tom ma’noda tinch va toza, jinoyatdan xoli bo‘lishi kerak.

Yangi O‘zbekistonda qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar bo‘lishi shart. Va albatta shunday bo‘ladi», — dedi Prezident.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali asosan chetdan, ba’zan, hatto, mamlakatimizning o‘zida ham Konstitutsiya va qonunlarimizga zid pozitsiyalar ilgari surilayotgani, jumladan diniy e’tiqod niqobi ostida yoshlarni ma’rifatga emas, jaholatga undash holatlari paydo bo‘layotgani ta’kidlandi.

Bunday vaziyatda jamiyatimizda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishni kuchaytirish, ehtiyotkorlik va ogohlikni oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Prezident ziyolilarimizni tinchlik va bag‘rikenglik muhitini mustahamlashda yanada faol bo‘lishga, o‘zlarining ma’naviy fazilatlari bilan boshqalarga o‘rnak ko‘rsatishga chaqirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring