Pokistonda 10,5 ming dollarlik Tesla Cybertruck yasaldi

Pokistonda mahalliy muhandis Tesla Cybertruck avtomobilining nusxasini yasadi, deb xabar berdi Carscoops.com.
Ta’kidlanishicha, avtomobil noma’lum pikap bazasida qurilgan. Uni yasashga 3 mln pokiston rupiyasi (10,5 ming AQSh dollari atrofida) sarflangan. AQShda asl Tesla Cybertruck narxi $70 mingdan boshlanadi.
Pokistonlik ustaning qo‘lbola «Tesla»si chinakam Tesla Cybertruck bilan solishtirganda kichkina: kaltaroq, pastroq va torroq. Mashinaga qanaqa motor qo‘yilgani noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter