Pichoq ko‘targan erkak Olmaota aeroporti xodimasini garovga oldi

Internetda Olmaota aeroportida pichoq bilan qurollangan erkak aeroport xodimasini garovga olgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Voqea 7-mart kuni soat 11:45 atrofida ichki terminalda sodir bo‘lgan.
Aeroport ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, erkak o‘zini yo‘lovchi sifatida ko‘rsatib, parvoz oldidan xavfsizlik zonasiga yaqinlashgan. Xodimlar uning hujjatlarini ko‘rsatishni so‘rashganida, u to‘satdan xavfsizlik xodimini ushlab, pichoq bilan qo‘rqita boshlagan.
7 daqiqadan so‘ng erkak politsiya va aviatsiya xavfsizligi xodimlari tomonidan qurolsizlantirildi. Hozirda u hibsga olingan va favqulodda vaziyatning sabablari huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘rganilmoqda.
Kadrlarda jigarrang futbolkadagi erkak hujumchi bilan suhbatlashayotgani aks etgan. OAVda aytilishicha, u aeroport xodimi o‘rniga o‘zini garovga olishni taklif qilgan. Keyinchalik, erkak qat’iyat ko‘rsatgan va jinoyatchini qurolsizlantirgan.
Olmaota aeroportida garovga olingan shaxs bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot berilganidan so‘ng mamlakat prezidenti To‘qayev jinoyatchini zararsizlantirishda jasorat ko‘rsatgan fuqaroni davlat mukofotiga tavsiya qilgan.
Jinoyatchini zararsizlantirgan qahramonning ismi allaqachon mahalliy OAVlarda paydo bo‘lgan: u 52 yoshli Muso Abdraim bo‘lib chiqdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter