Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

Joriy yil 13-mart Toshkent vaqti bilan soat 05:00 dan 25 mart 05:00 ga qadar Shahrisabz aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida kapital ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.

Qayd etilishicha, uchish-qo‘nish yo‘lagining uzoq muddat - 1983-yildan beri ishlatilishi munosabati bilan hamda havo kemalarining qo‘nishi va uchishi xavfsizligini ta’minlash maqsadida keng kapital qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi. Xususan, 1 554 m uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzasini almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan. Shuningdek, yurish yo‘lagining ustki qatlami ham ta’mirlanadi. Tanlov natijalariga ko‘ra, qurilish-ta’mirlash ishlarini «Farg‘ona yo‘llardan muntazam foydalanish korxonasi» olib boradi.

«Shu paytgacha Shahrisabz aeroportida samolyotlarni qabul qilish imkoniyati cheklangan edi. Parvozlar haftasiga ikki marta kichik L-410 samolyotlarida amalga oshirilar edi. Uchish-qo‘nish yo‘lagi ta’mirlangandan so‘ng aeroport o‘rta masofaga mo‘ljallangan zamonaviy ATR-72 samolyotlarini haftasiga uch martagacha qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi», – deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring