O‘zini Siyob kanaliga tashlamoqchi bo‘lgan ayol qutqarildi
Samarqandda o‘zini balandlikdan tashlamoqchi bo‘lgan ayol qutqarib qolindi.
Viloyat IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, bugun soat 16:00lar atrofida Samarqand shahrining Siyob kanali ko‘prigida 1998-yilda tug‘ilgan, 4 nafar farzandning onasi o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lgan.
Hodisaga rashk sabab bo‘lgani aytilmoqda.
IIB xodimlari tomonidan ayol bilan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlaridan so‘ng u niyatidan qaytgan va patrul-post xizmati hamda FVB xodimlari tomonidan qutqarib olingan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter