Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda ijtimoiy faollardan suitsidni targ‘ib qilmaslik so‘ralyapti

O‘zbekistonda ijtimoiy faollardan suitsidni targ‘ib qilmaslik so‘ralyapti

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ijtimoiy tarmoq egalari hamda internetda sahifalari mavjud bo‘lgan faollardan suitsidni targ‘ib qilmaslikni so‘ramoqda.

«Turli kanallar va sahifalarda ko‘ngilni xira qiluvchi va ruhiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi o‘z joniga qasd qilish yoxud kaltaklanish, samosud va shu kabi noxush holatlarni aks ettirgan har-xil xabarlarni tarqatish tobora ommalashmoqda.

Xususan, so‘nggi kunlarda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-maktab ichida «Erkak kishini osilgan holatda topildi» nomli ma’lumot juda ko‘plab ijtimoiy tarmoq vositalari orqali tarqatilib, bu yana bir boshqa ko‘ngilsiz voqeliklar yuzaga kelish ehtimoliga sabab bo‘lishi mumkin», – deydi Agentlik o‘z xavotirini bildirib.

O‘z navbatida, ijtimoiy tarmoq va internet orqali jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, shuningdek, g‘ayrioddiy harakatlarga targ‘ib qiluvchi yoki undovchi xabarlarni tarqatish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zidligi eslatilmoqda.

Jumladan, ushbu mazmundagi taqiq «Axborotlashtirish to‘g‘risida» qonunning 12-1-moddasi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-1-moddasi hamda Jinoyat kodeksining 130-1-moddasida o‘z aksini topgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 dekabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan holat, turli ijtimoiy tarmoq kanallari va sahifalarida, shuningdek, ayrim OAVlarning rasmiy saytlarida ham marhumning osilgan holatdagi surati bilan tarqatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring