Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda TDTga a’zo mamlakatlarning axborot xizmatlari rahbarlari yig‘ildi

Toshkentda TDTga a’zo mamlakatlarning axborot xizmatlari rahbarlari yig‘ildi

Poytaxtimizdagi «Tashkent International» mehmonxonasida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar vazirlik va idoralari matbuot kotiblarining «Axborot xizmatlari 2024: milliy va xorijiy tajriba» mavzucida qo‘shma o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

O‘quv-seminarini ochib bergan AOKA direktori A.Xo‘jayev ishtirokchilarni qutlar ekan, turkiy mamlakatlar bilan har tomonlama, shu jumladan, axborot sohasida aloqalarni rivojlantirish Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim jihatlaridan biri ekanligini ta’kidladi.

Tadbirda, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti eksperti Almagul Serikbayeva, Ozarbayjon Audiovizual kengashi raisi Ismat Sattarov, Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi Axborot qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Aksholpan Marat, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar so‘zga chiqib, qo‘shma-seminarning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

O‘quv-seminari TDTga a’zo mamlakatlarning axborot xizmatlari faoliyati taqdimotlari bilan davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘quv-seminari doirasidagi tadbirlar 30 mayga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring