Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zini Siyob kanaliga tashlamoqchi bo‘lgan ayol qutqarildi

O‘zini Siyob kanaliga tashlamoqchi bo‘lgan ayol qutqarildi

Samarqandda o‘zini balandlikdan tashlamoqchi bo‘lgan ayol qutqarib qolindi.

Viloyat IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, bugun soat 16:00lar atrofida Samarqand shahrining Siyob kanali ko‘prigida  1998-yilda tug‘ilgan, 4 nafar farzandning onasi o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lgan.

Hodisaga rashk sabab bo‘lgani aytilmoqda.

IIB xodimlari tomonidan ayol bilan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlaridan so‘ng u niyatidan qaytgan va patrul-post xizmati hamda FVB xodimlari tomonidan qutqarib olingan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring