Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda 4 yilda 34 kishi ko‘p xotinlik uchun jazolangan

O‘zbekistonda 4 yilda 34 kishi ko‘p xotinlik uchun jazolangan

2018-2022-yillar davomida Jinoyat kodeksining 126-moddasida (ko‘p xotinli bo‘lish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uchun 34 nafar shaxs sudlangan va ularga tegishli jazo tayinlangan.

Bu haqda Oliy sud axborot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yilning dastlabki olti oyi mobaynida ushbu ko‘rsatkich 4 nafar shaxsni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun Jinoyat kodeksining mazkur moddasiga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘p xotinlik (ya’ni bir ro‘zg‘orda ikki yoki undan ko‘p xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash) BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring