Litsenziyasiz «Umra» safarini uyushtirayotganlarga jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda
Marg‘ilon shahrida yashovchi M.A. vakolati bo‘lmasa-da Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi 5 nafar fuqaroni «Umra» ziyoratiga yuborishini aytib, xizmati evaziga 5700 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa holatda esa Uchko‘prik tumanida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari O.M. tegishli litsenziyaga ega bo‘lmay turib, 2 nafar fuqaroni «Umra» ziyoratiga yuborish evaziga 2500 AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Qo‘qon shahrida kuzatilgan holatda esa mahalliy turistik firma ish yurituvchisi A.J. 2 nafar fuqaroni aldab, ularni «Umra» ziyoratiga yuborish evaziga 2400 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Hukumatning tegishli qarori bilan «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun litsenziya olish talablari belgilangan va qaror talablariga muvofiq, shu vaqtgacha jami 12 ta turistik firma «Umra» tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha ruxsat berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter