Qashqadaryoda er xotinini qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lib, otib qo‘ydi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida mast erkak uyida xotini bilan janjallashib qolgan va uni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida uyida turgan ov miltig‘ini olib chiqib, undan qochib ketayotgan xotini tomonga – yerga o‘q uzadi.
Sochma o‘q ayolning orqa tomoni va son qismiga tegib jarohatlaydi. Yengil tan jarohati olgan ayol Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam Qashqadaryo filialiga yotqiziladi. Fuqaroning o‘zi esa IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.
Sud majlisida erkak aybiga qisman iqrorligini, aslida xotinini jarohatlash niyati bo‘lmaganini, uni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida quroldan yerga qarata o‘q uzganini aytgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tumani sudida o‘tkazilgan sud majlisida erkak Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topilgan.
Sud unga bir yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter