Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston 154 mamlakat bilan savdo-sotiq qildi

O‘zbekiston 154 mamlakat bilan savdo-sotiq qildi

Illyustrativ foto

Statistika agentligi ma’lum qilishicha, 2025-yilning yanvar oyida O‘zbekiston jahonning 154 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 4,5 mlrd AQSh dollariga yetkazdi.

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 297,2 mln AQSh dollari yoki 7,5 foizga oshgan.

TSAning salmoqli qismi yoki 55,3 foizi besh mamlakatga to‘g‘ri keldi: Xitoy (22,1 foiz), Rossiya (17,7 foiz), Qozog‘iston (7 foiz), Turkiya (4,7 foiz) va Koreya Respublikasi (3,8 foiz).

Tashqi savdoning 29 foizi — eksport, 71 foizi importga to‘g‘ri keldi:

  • Eksport — 1,3 mlrd;
  • Import — 3,2 mlrd.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring