O‘zbek-qozoq chegarasida maxfiy tunnel aniqlandi
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida neft mahsulotlari kontrabandasiga mo‘ljallangan yashirin tunnel topildi.
Ikki davlat huquq-tartibot idoralari maxsus operatsiya o‘tkazdi, jarayon davomida transmilliy uyushgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi.
Prokurorlarga ko‘ra, tunnel uzunligi 450 metrni tashkil qiladi. U orqali har kuni yetti tonnagacha yoqilg‘i-moylash materiallari noqonuniy olib o‘tilgan.
Transmilliy uyushgan jinoiy guruh tarkibida Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter