Oqqo‘rg‘onda zaharlanish oqibatida to‘rt kishi vafot etdi. Bosh prokuratura bayonoti
17-fevral kuni Oqqo‘rg‘on tumani IIBga Oxunboboyev ko‘chasidagi xonadonlarning birida yashovchi 3 nafar fuqaro vafot etganligi, 4 nafari esa «noma’lum etiologik zaharlanish» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilganligi haqida xabar kelib tushgan.
Ko‘rsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonaga kelib tushgan bemorlarning 1 nafari vafot etgan, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.
O‘lim sababi oziq-ovqat yoki is gazidan zaharlanish bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda, voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida ekspertiza tekshiruvi uchun «qovurilgan baliq» va «mosh kichira» ovqati qoldiqlari, «pomidor-bodring» tuzlamalari, olchadan tayyorlangan «kompot» qoldiqlari, xonadonda tayyorlangan «xolodets» qoldiqlari, 10 litr xajmdagi baklashkadagi suv hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olindi, deyiladi xabarda.
Marhumlarning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Oqqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter