Olomonni urib yuborgan haydovchi o‘limga hukm qilindi — Xitoy
Xitoyning Chande shahrida mashinasi bilan olomonga kelib urilgan haydovchi Xuan Ven o‘limga hukm qilindi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) xabar berdi.
«Sudlanuvchi jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi jinoyati uchun siyosiy huquqlardan mahrum etilib, ijroni ikki yillik kechiktirish muddati bilan o‘limga hukm qilindi», — deyiladi sud qarorida.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 19-noyabrida Xuan Ven boshlang‘ich maktab oldida bir to‘p odamlarni mashinasida urib yuborgan. Hodisa oqibatida 30 ga yaqin inson, jumladan, 18 nafar maktab o‘quvchisi jarohatlangan edi.
Sudda aniqlik kiritilishicha, moliyaviy va oilaviy muammolar oqibatida ruhiy zo‘riqishga tushgan bu haydovchi mashinasini ongli ravishda odamlar ustiga haydagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter