Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olma yurak uchun juda foydali ekani aniqlandi

Olma yurak uchun juda foydali ekani aniqlandi

Haftasiga atigi to‘rt dona olma yeyish yurak-qon tomir xastaliklari oqibatida o‘lim ehtimolini 40 foizgacha kamaytirarkan, Xitoyning Yanszi shifoxonasi tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari Frontiers in Nutrition jurnalida e’lon qilindi.

Uzoq yillarni qamrab olgan tajriba-sinovda xolesterin darajasi yuqori 2 184 nafar o‘rta yoshli inson qatnashdi. Olimlar ularning qanday ovqatlanishini o‘rganishdi, ayniqsa, mevalarni iste’mol qilishiga alohida e’tibor qaratishdi, keyingi davomli kuzatuvlarda barcha o‘lim holatlari qayd etib borildi.

Natijalarga ko‘ra, haftasiga uch-to‘rttadan olma yeganlarda umumiy o‘lim xavfi bu mevani iste’mol qilmaganlarga qaraganda 39 foiz kam bo‘lgan. Shuningdek, banan ham salomatlik uchun koni foyda ekan — bu tropik mevani muntazam iste’mol qiluvchilarda erta o‘lim xavfi qariyb 30 foizga kamaygan.

Kunora (haftasiga uch-to‘rt dona) olma yeyish yurak-qon tomir xastaliklari oqibatida o‘lim xavfini 40 foizga kamaytirgan. Olimlar yurakni mustahkamlash uchun mevalarni muntazam iste’mol qilish lozim, deyishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring