Navbahor Imomova:«Men senzuraning o‘tkir to‘qmoqlarini his qilmagandim...» (video)
Navbahor Imomova - mashhur jurnalistlardan biri. U «Amerika Ovozi» (Voice of America) muxbiri sifatida ko‘pchilikka ma’lum. Jurnalistika sohasiga kirib kelishi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari va ishtiyoqining natijasi sifatida shakllangan. U o‘zining kasbiy yo‘lini bosqichma-bosqich qurgan va shu jarayonda ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tgan.
2017 yilda Shavkat Mirziyoyevning Prezident bo‘lishi bilan mamlakatda islohotlar boshlangach, so‘z erkinligi va xalqaro jurnalistlar bilan hamkorlik masalalari qayta ko‘rib chiqilgan. Va 2018 yilda Navbahor Imomova O‘zbekistonda rasman akkreditatsiyadan o‘tgan. Bu, albatta, uning mamlakatda qayta faoliyat yuritishiga yo‘l ochdi.
Navbahor Imomova akkreditatsiyaga erishganidan so‘ng mamlakatdagi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlarni yoritishda faol ishtirok etmoqda. U intervyu va reportajlar orqali xalqaro auditoriyaga O‘zbekistonning yangi davrdagi o‘zgarishlari haqida ma’lumot bermoqda.
Navbahor Imomova bu vaziyatlarni: «Men O‘zbekistonda rasmiy senzura hukmron davrda o‘z faoliyatimni boshlaganman... Men O‘zbekistondan shu qadar erkin chiqib ketdimki, men hali o‘sha senzuraning o‘tkir to‘qmoqlarini his qilmagan edim. Ya’ni qiynalganman, kimdir mening erkin so‘zim uchun og‘zimni yopgan, jazolanganman, deya olmayman...»-deya talqin qilmoqda.
Bu haqdagi to‘liq suhbat videoda havola etilgan. Suhbat jurnalist Laylo Hayitova hamda Zulfizar Mavlonova tomonidan olib borilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter