Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moschino brendining yangi direktori tayinlovdan 10 kun o‘tib vafot etdi

Moschino brendining yangi direktori tayinlovdan 10 kun o‘tib vafot etdi

Italiyaning Moschino moda brendining yangi kreativ direktori Davide Renne 46 yoshida vafot etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib Daily Front Row xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Renne Milanda vafot etgan. O‘limga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Moschino ijodiy direktorining o‘limi haqida boshqa tafsilotlar berilmagan.

Gucci’da uzoq yillar ishlagan Davide Rennening Moschino kreativ direktori lavozimiga tayinlangani shu yilning oktyabr oyida ma’lum bo‘lgan edi.

Davide Renne 1 noyabr kuni rasman o‘z lavozimiga kirishgandi. U o‘zining debyut kolleksiyasini — 2024 yil fevral oyida Milan moda haftaligida taqdim etishi kerak edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring