Joriy yilda kamida 500 nafar amaldorning korrupsiyaga moyilligi o‘rganib chiqiladi
2025-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasida «davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga «halollik vaksinasi»ni singdirish hamda ushbu borada preventiv mexanizmlarni joriy etish» nazarda tutilmoqda.
Bunda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Rahbar kadrlarni baholash markazida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining buyurtmasi asosida 2025-yil davomida kamida 500 nafar rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasi baholanadi.
Shuningdek, Aksilkorrupsiya agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga davlat xizmatchilarida «korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni singdirish bo‘yicha qadriyatlar tizimini shakllantirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish asosida ta’sirchan chora-tadbirlarni joriy etishga oid takliflar»ni yiliga kamida bir marta kiritib borish vazifasi yuklangan.
Ma’lumot uchun, ushbu tadbirlar, hujjat loyihasiga ko‘ra, xorijiy grant mablag‘lari, manfaatdor vazirlik va idoralar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter