Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki: Murojaatlarning inson omilisiz avtomatik qabul qilinishi korrupsiyaning oldini oladi

Xalq banki: Murojaatlarning inson omilisiz avtomatik qabul qilinishi korrupsiyaning oldini oladi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki Bosh ofisida «Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan «Ochiq eshiklar» kuni o‘tkazildi. Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

Xo‘sh, Xalq banki faoliyatining ochiqligi va shaffofligi qay darajada, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?

– Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida bankda muayyan ishlar olib borilmoqda, – deydi Boshqaruv raisi o‘rinbosari Farrux Ro‘ziyev. – Tizimda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash hamda korrupsion holatlar aniqlanganda zudlik bilan bankning markaziy apparatining Ichki nazorat va komplens departamentiga xabar berishni ta’minlash maqsadida  komplayens@xb.uz elektron pochtasi hamda «Tezkor xabar»  mobil ilovasi joriy etilgan. Mazkur aloqa kanallari orqali kelib tushgan murojaatlar inson omilisiz avtomatik ravishda qabul qilinib, belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rib boriladi. Ya’ni tizimdagi har bir murojaat, muammo yoki boshqa xizmatlar inson aralashuvisiz hal qilinadi – bunda xodimning hatto bilib yoki bilmay qiladigan xatolari soni ham kamayadi. Birgina misol joriy yilda 12 441 nafar talaba xalqaro imtihon pullarini «xazna» ilovasi orqali inson omilisiz qaytarib oldi.

Darvoqe, 2024-yil yanvar-noyabr oylari davomida olib borilgan keng ko‘lamli  ishlar natijasida o‘zlashtirish va shu kabi noxush holatlar soni o‘tgan yilning mos davriga  nisbatan 47 foizga kamaygan. Joriy yilning may oyida Bankning korrupsiyaga qarshi menejment tizimi ISO 37001:2016 xalqaro standartining muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumotlarga qaraganda Ddavlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligining 2023-yil yakunlari bo‘yicha 95 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi reyting natijalari bo‘yicha Xalq banki 87 ball to‘plab, baholanganlar ro‘yxatining 12-pog‘onasini egallagan. «Ochiqlik indeksi» reytingi jadvalida esa 83,8 ball to‘plab jami tijorat banklari orasida , 1-pog‘onani 103 ta tashkilotlar orasida 7-pog‘onani egallagan.

Tadbir so‘ngida  taklif qilingan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan ishga joylashish, talaba krediti, «Tezkor xabar» mobil ilovasi, plastik karta bilan bog‘liq savollarga javob oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring