Italiyaning Damashqdagi elchixonasiga qurolli shaxslar hujum qildi
Italiyaning Damashqdagi elchixonasiga qurollangan shaxslar hujum qildi. Bosqinchilar diplomatning qarorgohidagi uchta avtomobilni olib ketishgan.
Mamlakat TIV rahbari Antonio Tayani bayonotiga ko‘ra, bugun qurollangan guruh Damashqdagi Italiya elchixonasi bog‘iga bostirib kirib, qurol bilan qo‘rqitib, uchta xizmat mashinasini olib chiqib ketgan. Voqea muxolifatchi kuchlar shaharni egallashganini e’lon qilgandan so‘ng yuz bergan.
Vazirning aytishicha, bosqin paytida elchi hamda qarorgohni qo‘riqlayotgan karabinerlar jabrlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter