Er yuzidagi odam oyog‘i yetmagan sirli joylar

Insoniyat texnologiya taraqqiyotida katta yutuqlarga erishdi, ammo Yer yuzida hali ham odam oyog‘i yetmagan joylar mavjud, ya’ni u yerlarga yo‘l yo‘q. Olimlar bu joylarni oq dog‘lar deb atashadi. Ularning soni noma’lum, ammo unday joylar sayyorada juda ozligi aniq.
Odam hali zabt etmagan joylardan biri Avstraliyaning sharqiy sohilidan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan Tinch okeanidagi yoriq joy Yangi Gebriddir. Yangi Zelandiya olimlari ushbu hududni o‘rganishga harakat qilishdi, ammo u yerga borishga jismonan qurblari yetmadi. Olimlar robotlarni ishga tushirishdi, ular yordamida chuqur dengiz mavjudotlarining noma’lum turlarini topishga muvaffaq bo‘lishdi. Biroq, internetda bu topilmaning fotosuratlari hali mavjud emas.
Insonning hali oyog‘i yetmagan yana bir joy bu eng baland cho‘qqi Kangxar Puyensum tog‘idir. U Xitoy va Butan o‘rtasidagi bahsli hududda joylashgan bo‘lib, balandligi yetti yarim ming metr. Bu joy haqida ilk ma’lumot 1922-yilda paydo bo‘lgan, ammo cho‘qqiga chiqish uchun barcha urinishlar muvaffaqiyatsiz tugagan. 2003-yilda ushbu hududga kirish taqiqlangan, shuning uchun hech kim hali bu cho‘qqini zabt etgani yo‘q.
Odamlarga noma’lum bo‘lgan yana bir joy – Vetnamdagi Kuang Bin provinsiyasida joylashgan Shondong g‘ori. Uning uzunligi deyarli to‘qqiz kilometr, kengligi esa 150 metrga yetadi. G‘orning o‘ziga xos iqlimi bor va uning tubida daryo oqadi. Olimlar ushbu g‘orning ichida nima borligini bilishmaydi. «Media Potok» nashrining xabariga ko‘ra, unda qadimgi odamlarning qoldiqlari bo‘lishi ehtimoli bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter