Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daraxtlarning o‘sishini tezlatuvchi gen kashf etildi

Daraxtlarning o‘sishini tezlatuvchi gen kashf etildi

Illyustrativ foto

Illinoys universiteti hamda Ok-Rij milliy laboratoriyasi mutaxassislari teraklarda fotosintez samaradorligini oshirib, ularning o‘sishiga sababchi bo‘lgan genni kashf etishdi. Ilmiy tadqiqot natijalari Developmental Cell jurnalida e’lon qilindi.

Booster deya nomlangan bu gen fotosintez uchun javob beruvchi hujayra tuzilmalari — xloroplastlar bilan bog‘liq. U atmosferadan karbonat angidridni so‘rib o‘simliklarning fotosintez faolligini tezlatuvchi oqsil miqdorini oshiradi.

Issiqxonalarda o‘tkazilgan tajribalarda booster geni ekspressiyasi oshirilgan teraklar boshqa teraklarga qaraganda 37 foiz balandroq o‘sdi. Dala sharoitidagi tajribalarda ham ushbu gen ekspressiyasi yuqori genotiplar biomassasining sezilarli oshishi bilan ajralib turdi.

Booster boshqa xil o‘simlik — arabidopsisda ham sinab ko‘rildi. Unda ham biomassa o‘sishi va urug‘dorlik oshdi, bu esa gendan boshqa o‘simliklarda ham foydalanish imkoniyatlari borligini ko‘rsatmoqda.

«Bu hali birinchi qadamlar, agar biz kattaroq ko‘lamda natijalarga erishsak, booster qishloq xo‘jaligi va bioenergetik o‘simliklar sohasida hosildorlikni oshirishda muhim omilga aylanadi», — dedi loyiha rahbari, professor Stiven Byorjess.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring